B01 Forensic AI

Qo'llanma

Vazifa bo'yicha: "men shu ishni qilmoqchiman — qayerdan boshlayman". Har qadamda ko'chirib ishlatiladigan buyruq.

Dastur hali o'rnatilmaganmi? O'rnatish va birinchi ishga tushirish — 5 daqiqa.

Bu yerdagi har bir buyruq tekshirilgan. Generator har qadamning buyrug'ini va ishlatilgan bayroqni dasturning haqiqiy buyruqlari bilan solishtiradi — noto'g'ri bayroq yozilsa, testlar yiqiladi. Ya'ni ko'chirib qo'ysangiz, ishlaydi.

O'rnatish va birinchi ishga tushirish

Windows 10/11 · 64-bit · o'rnatuvchi yo'q: dastur bitta fayl, o'rnatmasdan ishga tushadi. Diskda ~450 MB joy kerak (dastur va birinchi ochilishda chiqariladigan fayllari).

  1. 1
    Dasturni oling. Hozircha dastur ochiq tarqatilmaydi — uni B01 jamoasidan olasiz (Telegram @B01_uz). Bu bitta fayl: B01_Forensic_AI.exe.
  2. 2
    Hashni tekshiring. Forensika vositasining o'zi ham tekshirilishi kerak. Fayl turgan papkada PowerShell'ni oching:
    Get-FileHash .\B01_Forensic_AI.exe -Algorithm SHA256

    Natija dastur bilan birga berilgan SHA-256 bilan harfma-harf bir xil bo'lishi kerak. Mos kelmasa — faylni ishlatmang va bizga xabar bering.

  3. 3
    Faylni joylashtiring — B01_Forensic_AI.exe ni kerakli joyga qo'ying (ZIP'da kelgan bo'lsa, avval chiqarib oling).

    Bu bitta fayl: uni ish stoliga, istalgan papkaga yoki fleshkaga qo'yish mumkin — yonida boshqa fayl kerak emas. AI ilovasi bilan ulanish ham shu faylning o'zida.

  4. 4
    B01_Forensic_AI.exe ni ishga tushiring.

    Birinchi marta dastur ichidagi fayllarini bir marta %LOCALAPPDATA%\B01 Forensic AI ga chiqaradi — bir necha soniya logotip ko'rinib turadi. Keyingi safar tez ochiladi.

    Dastur imzolanmagan (sertifikat pullik), shuning uchun birinchi marta Windows "Windows protected your PC" ("Система Windows защитила ваш компьютер") oynasini ko'rsatishi mumkin: "More info" ("Подробнее") → "Run anyway" ("Выполнить в любом случае"). Hash mos kelgan bo'lsa ham antivirus faylni to'xtatsa, uni o'chirib qo'ymang — Telegram'da xabar bering, biz uni Microsoft'ga tekshiruvga yuboramiz.

  5. 5
    Dalilni oching — "Fayl → E01 Ochish…" (Ctrl+O) yoki dastur ichidagi B01 terminalida:
    open "D:\Case\disk.E01"

    E01, RAW/DD obraz yoki triage papkasi. Dalil faqat o'qiladi — dastur unga yozmaydi. Keyingi qadamlar: Dalilni ochish va birinchi qadamlar.

  6. 6
    Ixtiyoriy: o'z AI ilovangizni ulang — "Vositalar → AI ilovasiga ulash (MCP)": Claude Desktop, Cursor va boshqalar B01 buyruqlarini o'zi chaqira oladi.

    Bilib qo'ying: AI ulansa, u so'ragan natijalar (fayl ro'yxatlari, matn va fayl parchalari) o'sha AI xizmatiga yuboriladi. AI dalilga yoza olmaydi va undan dalil olmaydi. Maxfiy ishda AI'ni ulamang — dastur AI'siz ham to'liq ishlaydi.

O'chirish

B01_Forensic_AI.exe faylini va %LOCALAPPDATA%\B01 Forensic AI papkasini o'chiring — tizimga hech narsa o'rnatilmagan. Sozlamalar (AI kalitlari ham) va jurnal foydalanuvchi papkangizda: %USERPROFILE%\.b01_viewer_settings.json, %USERPROFILE%\b01.log. Ish natijalaringiz %USERPROFILE%\B01_Cases da — ularni o'zingiz saqlang yoki o'chiring. Kompyuterni boshqaga bersangiz, sozlamalar faylini albatta o'chiring.

Keyin nima

Buyruqlar ma'lumotnomasi

51 buyruq, har birida sintaksis, opsiyalar va misollar. Qidiruv vazifa bo'yicha ham ishlaydi.

buyruqlar

Dastur nima qila oladi

Har bir imkoniyat aniq nimani chiqarishi bilan: 104 fayl formati va ularning har biridan olinadigan ma'lumot.

imkoniyatlar

Sudda himoya qilish

Topilmani qanday tekshirish mumkin: vakolat zanjiri, jurnal, qayta ijro etish va sudda beriladigan savollar.

sud uchun